Sotsiolingvistika
09-10-2026

Monografiya tilshunos olimlar, pedagog-o‘qituvchilar filologiya fakultetining bakalavriat va magistratura talabalari, tayanch doktorant va mustaqil tadqiqotchilar, umuman, ijtimoiy tilshunoslik masalalari bilan qiziquvchilar uchun mo‘ljallangan. 18 bosma taboq hajmidagi “Sotsiolingvistika” monografiyasida til ijtimoiyligi, tilning ijtimoiy vazifalari, tilda ijtimoiy farqlanish, tilning demografik quvvati, til va jamiyat ta’sirlashuvi, til siyosati, til vaziyati, ikkitillilik va ko‘ptillilik masalalari, til qonunchiligi, davlat tili, rasmiy til, ona tili, birinchi til, etnik til, ikkinchi til, mahalliy til, tilning yashash shakllari, sotsiolingvistika boʻlimlari va boshqa ijtimoiy tilshunoslikning muhim tushunchalari yoritilgan.

Top