Adabiy aloqalar, tarjima nazariyasi, O‘zbekistondagi rus adabiyoti sho‘ba va bo‘limlari taxminan, so‘nggi 45 yil davomida ham mustaqil ravishda, ham ayrimlari o‘zaro birikkan holda faoliyat olib bordi.
O‘zbekistonda rus adabiyotini o‘rganish bo‘limi (bo‘limni 1985-yilgacha prof.M.M.Rasuliy boshqardi. 1986-1996 yy. f.f.n.P.Mirzaaxmedova rahbarlik qildi);
Adabiy aloqalar bo‘limi (bo‘limni uzoq yillar davomida O‘zR FA muxbir a’zosi Y.S.Sultonov boshqardi. So‘ng unga prof. H.SH.Abdusamatov, akad.S.M.Mamajonov, prof.E.A.Karimov rahbarlik qildilar). XX asrning 60-yillari o‘rtalarida “Adabiyot nazariyasi va adabiy tanqid sektori” bo‘limi tashkil qilindi.
O‘tgan asrning oxirida yuqorida sanab o‘tilgan yo‘nalishdagi bo‘limlar bir bo‘limga birlashtirildi. Har bir yo‘nalishdagi tadqiqotlar davom ettirilgani holda bo‘lim “Adabiy aloqalar va adabiyot nazariyasi” deb atala boshladi. Bo‘limga akad.B.Nazarov rahbarlik qilmoqda. Badiiy adabiyotning san’at turlari tizimidagi o‘ziga xosligi, o‘rni, san’atning boshqa turlari bilan farqli hamda mushtarak jihatlari;
adabiyotning paydo bo‘lishi va tarixiy taraqqiyot tamoyillari, adabiy turlar va janrlar tizimi va tarkibi;
adabiyotning ijtimoiy tabiati, adabiy asarning tuzilishi, mazmuni va shakli, adabiy jarayon va ijod psixologiyasi;
adabiyotda estetik kategoriyalar;
she’r tuzilishi hamda she’riy sistemalar;
adabiy oqimlar va yo‘nalishlar, badiiy til va uslub, badiiy sintez va ijodiy metodlar kabi bir qancha nazariy masalalar adabiyot nazariyasining bevosita o‘rganish obyekti hisoblanadi.
Shu bois yuqorida qayd etilgan masalalar har bir milliy adabiyotda o‘ziga xos miqyos, daraja va yo‘nalishda voqe bo‘ladi. Binobarin, adabiy-nazariy muammolarning milliy adabiyotlarda amal qilishining qonuniyatlarini o‘rganish milliy adabiyotshunoslikning, xususan, adabiyot nazariyasining zimmasiga tushadi.
Bo‘limning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari:
- “Adabiyot nazariyasi”
- “Adabiy turlar va janrlar”
- “O‘zbek adabiyoti qiyosiy adabiyotshunoslik aspektida: ta’sir va tipologiya”
- “O‘zbek adabiyotining xorijda o‘rganilishi: tadqiq va tarjima”
Bo‘lim xodimlari tarkibi: 1 akad., 3 fan nomzodi, 1 kichik ilmiy xodim.
O‘quv-metodik va tashkiliy ishlar:
B.Nazarov O‘zbekiston davlat Jahon tillari universitetida dars beradi
Kadrlar salohiyati: adabiy ta’sir va adabiy aloqalar yo‘nalishida bo‘limda turli yillar davomida tadqiqot olib borgan Y.S.Sultonov, S.Mamajonov, H.Abdusamatov, E.Karimov, R.Qodiriy, Sh.Turdiyev, A.Jalolov, M.Hasanov, K.Quramboyev, Q.Seydanov, M.Baqoyev, B.Qurbonboyev, D.Ro‘ziyeva, D.G‘ulomova, Z.Umarbekova, H.Qudatullayev, S.Olimov, K.Mustanov, A.Abdullayeva va boshqalar o‘zbek adabiyotshunosligi rivojiga munosib hissa qo‘shdilar.
Adabiyot nazariyasi bo‘yicha I.Sultonov, M.Qo‘shjonov, P.Qodirov, M.Yunusov, U.To‘ychiyev, T.Rasulov, Sh.Turdiyev, J.Kamol, 80-yillardan S.Meliyev, M.Nazarov, H.Qudratullayev, A.Bag‘irov, A.Jabborov, M.Olimov, 90-yillardan esa B.sarimsoqov, M.Ibrohimov, I.Samandarov, U.Jo‘raqulov, H.Axmedov, X.Lutfiddinova, M.Xoliyorov, Sh.Turdimov, A.Qozixo‘jayev kabi xodimlar xizmat qildilar.
Xorijiy nashrlari:
1. Б.Назаров. М. Ауезевмiн элем эдабиетiнде алатын орны // М. Ауезев жэнэ элем адабиетi – Алмати, 1999. - Б. 82-92.
2.Б.Назаров. Синтез современного и традиционного в современной узбекской поэзии // Взаимодействие и взаимовлияние цивилизаций и культур на Востоке: III Всесоюзная конференция востоковедов. – Москва, 1988. – Т. II. – стр.
3.Sattorova G. Azərbaycan ədəbiyyatının dostu // 525-gazet, Baku, 2015, 7-sentyabr.
Uzoq xorij:
1.B.Nazarov. Littetrature ouzbek lans le susteme le la Littetratyre sovetigye multinatinational // «Les communautes interlitteralres specifigues». 3. –Р. 25-30. veda editions de l academie des sciences slougue, Славенная; Академия, 1991 (Француз тилида).
2. B.Nazarov. Кutadgu Bilig: One of the First written monuments of the Turkic Aesthetic Thought of the Turkig People // Central Asia Peader. The rediscovery of History. Edited by H.B.Paksoy – Armank, New York-London, England, 1994 – Б. 82-89.
3. B.Nazarov. Bag’imsizlik donemindeki Ozbek Siirinden manzaralar // Kardes kalamler. Aylik avrasiya edebiyat dergesi.- Eylul.- 2009. Turkye.-S. 55-64
4.Melıyev. S. ‘Gun Olur Asra Bedel romanının edebı ve yapısal uzellıklerı’ /Cengez Aytmatov gunlerı. Ankara Unıversıtetısı. Ankara. 2009.
5.Sattorova Gulnoz. “Özbek ve Kırgız Yazarları Adil Yakubov ve Cengiz Eytmatov Eserleri Örneğinde Dağ Simgesi” XXV. Uluslararasi kibatek edebiyat şöleni-Edebiyatta Dağ-(Alanya; 30 Ekim – 03 Kasım 2013)
6.Sattorova Gulnoz. Özbek edebiyatında dinsel ve felsefi özellikler. /IV. Uluslararası Türk Dünyası Ekonomi Forumu, Kazakistan Yabancı Diller ve Mesleki Kariyer Üniversitesi ve Hitit Üniversitesi işbirliği ile . 7-9 Mayıs 2015 y. Çorum’, Ankara.
7.Сатторова Г. Ömer Seyfettin hikâyelerinde hümanist duygular tasviri (davomi) //“Aliyev” kultur dergisi. Bulgaristan. Smolyan, 2015, №2., 8-10 б.