E'lonlar

21.10.2026 yil.

2026 yilda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti budjetdan ajratilgan mablagʻlarning chegaralangan miqdorining oʻz tasarrufidagi budjet tashkilotlari kesimida taqsimoti toʻgʻrisida



24.07.2026 yil.

Budjet jarayonining ochiqligini taʼminlash maqsadida rasmiy veb-saytlarda maʼlumotlarni joylashtirish tartibi toʻgʻrisidagi nizomga1-ILOVA




26.05.2025 yil.

O‘z RFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti balansidagi Hovosovutgichlarga texnik xizmat ko‘rsatish va sozlash, qayta to'ldirish bo‘yicha e’lon.




06.08.2024 yil.

O‘z RFA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti balansidagi davlat raqami 01 333 DAV bo‘lgan Gentra avtomobiliga texnik xizmat ko‘rsatish va sozlash bo‘yicha e’lon nuqsoni



Texnik xizmat ko‘rsatish.jpg


02.10.2021 yil.

АХБОРОТ ХАТИ Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти.



АХБОРОТ ХАТИ.png


22.09.2021 yil.

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI FANLAR AKADEMIYASI O‘ZBEK TILI, ADABIYOTI VA FOLKLORI INSTITUTI 2022-YIL UCHUN TAYANCH DOKTORANTURA (PHD) VA DOKTORANTURAGA (DSC) TANLOV E’LON QILADI.

Tayanch doktorantura (PhD) va doktoranturaga (DSc) hujjatlar 2022-yilning 15-sentyabridan 15-oktyabrigacha qabul qilinadi.

Tayanch doktorant (PhD) sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• ariza;

• qisqacha biografik ma’lumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi;

• oliy ta’lim muassasasi magistraturasi diplomi yoki magistr darajasi joriy etilganiga qadar olingan oliy ma’lumot to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

• Vazirlar Mahkamasi huzuridagi OAK talabida belgilangan ilmiy jurnallar va to‘plamlarda e’lon qilingan ilmiy maqolalar ro‘yxati;

• O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Davlat stipendiyasi sohiblari tegishli hujjat nusxasini taqdim etadilar.

Tayanch doktorant (PhD) sifatida o‘qishga talabgor shaxslar chet tili (ta’limning oldingi darajalarida o‘rganilgan xorijiy til bo‘yicha) va mutaxassislik fani bo‘yicha kirish imtihonlari topshiradilar.

Kirish imtihonlari 2022-yil 1-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.

Doktorant (DSc) sifatida o‘qishga talabgorlar oliy ta’lim muassasasiga quyidagi hujjatlarni taqdim etadilar:

• ariza;

• qisqacha biografik ma’lumotnoma;

• mehnat daftarchasining belgilangan tartibda tasdiqlangan nusxasi (ishlayotgan talabgorlar uchun);

• oliy ma’lumot, fan nomzodi yoxud falasafa doktori (PhD) yoki xorijiy davlatlarda unga tenglashtirilgan ilmiy darajaga ega bo‘lganligi to‘g‘risidagi diplom nusxasi;

• tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun tayyorlangan doktorlik dissertatsiyasi rejasining mufassil loyihasi;

• nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati, shuningdek ularning nusxalari.

Doktoranturaga (DSc) talabgor shaxslar fan nomzodi yoki falasafa doktori (PhD) ilmiy darajasi yoxud ularga tenglashtirilgan boshqa ilmiy darajalar olgandan so‘ng muhim ilmiy yutuqlarga erishgan, shu jumladan, fan doktori (DSc) ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya tadqiqoti asosini tashkil qilishi mumkin bo‘lgan ilmiy jurnallarda chop etilgan kamida uchta ilmiy maqola hamda ilmiy-amaliy konferensiyalar, seminarlar va tegishli ilmiy yo‘nalishlar bo‘yicha ilmiy ishlar to‘plamlarida kamida ikkita tezisga ega bo‘lishi shart.

Kirish imtihonlari 2022-yil 1-25-noyabr kunlari bo‘lib o‘tadi.




12.08.2021 yil.

АХБОРОТ ХАТИ Фанлар академияси Ўзбек тили, адабиёти ва фольклори институти .



Ахборот хати.png


19.05.2021 yil.

Alisher Navoiyning “Lison ut-tayr” dostonidan o‘rin olgan uch hikoyatning nasriy bayoni va sharhini o‘z ichiga olgan “Hikoyatlar haqiqati” kitobi nashrga tayyorlandi.



Ҳикоятлар_ҳақиқати_китоби


Top