O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti hamda Ozarbayjon Milliy Fanlar akademiyasining Folklor instituti hamkorligida 2026-yil 18–20-noyabr kunlari “TURKIY XALQLAR FOLKLORINI QIYOSIY O‘RGANISH MASALALARI” mavzusida xalqaro ilmiy konferensiya tashkil etiladi.
Konferensiyaning asosiy maqsadi — turkiy xalqlar folklorining mushtarak va o‘ziga xos xususiyatlarini tarixiy-qiyosiy, tarixiy-genetik hamda tipologik jihatdan tadqiq etish, folklor an’analarining o‘zaro ta’sirini o‘rganish va xalqaro ilmiy hamkorlikni rivojlantirishdan iborat.
Konferensiyaning asosiy ilmiy yo‘nalishlari:
✔️O‘zbek va ozarbayjon folklorshunosligi kontekstida turkologik folklorshunoslik;
✔️Turkiy xalqlar folklorini tarixiy-qiyosiy o‘rganishning nazariy-metodologik muammolari;
✔️Mushtarak janrlar, syujetlar, motivlar va obrazlar tipologiyasi;
✔️Turkiy xalqlarning mifologik tafakkuri va e’tiqodiy qarashlari;
✔️Marosim folklori va an’anaviy madaniyat;
✔️Epik ijod va epik an’analarni qiyosiy o‘rganish;
✔️Og‘zaki-poetik ijoddagi o‘zaro ta’sir masalalari;
✔️Folklor matnlarida milliy va umumturkiy xususiyatlar;
✔️Folklorning zamonaviy transformatsiyalari va raqamli makondagi folklor;
✔️Folklor namunalarini to‘plash, arxivlashtirish, nashr etish va tadqiq qilish muammolari;
✔️O‘zbekiston–Ozarbayjon folklor aloqalari va zamonaviy ilmiy hamkorlik.
Konferensiya haqida ma’lumot:
📍 O‘tkazilish joyi: Toshkent shahri, O‘zbekiston
🗓 Sanasi: 2026-yil 18–20-noyabr
💻 Ishtirok etish shakli: oflayn va onlayn
🌐 Ish tillari: barcha turkiy tillar, ingliz va rus tillari
🖥 Materiallarni qabul qilish tartibi:
▪️ Annotatsiya hajmi — 300 so‘zdan oshmasligi lozim.
▪️ Materiallarni yuborishning oxirgi muddati — 2026-yil 1-noyabr.
▪️ Saralash natijalari 2026-yil 3-noyabr kuni e’lon qilinadi.
▪️ Taqdim etilgan materiallar ilmiy qo‘mita tomonidan ko‘rib chiqiladi.
✉️ Materiallarni yuborish uchun:
turkoloji2026@gmail.com
📞 Murojaat uchun:
+998909382103 — Jamila Asqarova
Konferensiyaga folklorshunoslar, turkologlar, etnograflar, adabiyotshunoslar, tilshunoslar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar, mustaqil tadqiqotchilar hamda turkiy xalqlarning folklori va madaniy merosini o‘rganayotgan barcha olimlarni taklif etamiz!