Filologiya fanlari doktori (DSc), professor
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1979-yil 4-iyul, Buxoro viloyati, Shofirkon tumani
Lavozimi: O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori
Ma’lumoti: Oliy
Tel: +99890 326-32-23
E-mail: maksudasadov79@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: mumtoz adabiyot, zamonaviy o‘zbek adabiyoti, adabiyot nazariyasi, adabiy aloqalar
1996–2002-yy. – Buxoro davlat universiteti talabasi
2002–2004-yy. – O‘quv markazida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
2004–2005-yy. – Toshkent davlat agrar universiteti qoshidagi Qibray akademik litseyi o‘qituvchisi
2005–2007-yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti aspiranti
2008–2011-yy. – Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti qoshidagi akademik litsey o‘qituvchisi
2011–2016-yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi
2016–2017-yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
2017–2018-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
2018–2020-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti
2021–2022-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi
2022–2024-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
2024-2026-yy – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktorining ilm-fan bo‘yicha o‘rinbosari
2026-yil sentabrdan – O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti direktori
Ilmiy faoliyati
Maqsud Asadov filologiya sohasidagi yetuk olimlardan biri. U 7 ta monografiya, 1 ta o‘quv qo‘llanma va 2 ta darslikning (hammualliflikda) muallifi hisoblanadi. Uning hammuallifligida yaratilgan ikki darslik (Jadid adabiyoti. – Shimkent: Tashenev universiteti, 2025; Ma’rifatchilik adabiyoti. – Shimkent: Tashenev universiteti, 2025) Qozog‘iston Respublikasi Tashenev universiteti filologiya fakultetida o‘quv jarayonlarida qo‘llanilmoqda. Xorijda nashr etilgan “Sakinameh in Navoi’s work” (Sietl: Amazon, 2025) nomli monografiyasi www.amazon.com saytiga joylashtirilgan va bu boradagi xorijiy tadqiqotlarga muhim nazariy-metodologik manba boʻlib xizmat qilmoqda. Olim O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 19-oktyabrdagi PQ-4865-son “Buyuk shoir va mutafakkir Alisher Navoiy tavalludining 580 yilligini keng nishonlash to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash maqsadida yaratilgan 4 jildlik “Alisher Navoiy ensiklopediyasi” (Toshkent: O‘zbekiston, 2024)ning mas’ul muharriri, so‘zboshi muallifi va ilmiy-ijodiy guruh a’zosi sifatida mazkur fundamental nashrning yuzaga chiqishiga boshchilik qilgan.
Hozirga qadar Maqsud Asadov rahbarligida 2 nafar filologiya fanlari doktori (DSc) va 7 nafar filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiyalari muvaffaqiyatli himoya qilingan. So‘nggi besh yilda olim 2 ta respublika va 4 ta xalqaro ilmiy loyihaning bajarilishida faol ishtirok etgan. Maqsud Asadovning respublika va xorijiy ilmiy nashrlarda 200 dan ziyod ilmiy hamda ilmiy-ommabop maqolalari bosilib chiqqan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
![]()
Rahmatullayeva Dilorom
Xodimlar bo‘limi boshlig‘i
Tel.: (99871) 233-03-94
E-mail: uzlit@uzsci.net
![]()
Filologiya fanlari doktori (DSc)
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1988-yil 4-fevral, Jizzax viloyati Baxmal tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ma’lumoti: Oliy
Tel: +998 94 416-88-04
E-mail: abdumannonhasanov3137@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: dialektologiya, leksikologiya, matn tilshunosligi, lingvopoetika.
Mehnat faoliyati
2010 – 2014-yy. – Jizzax davlat pedagogika instituti (bakalavriat)
2014 – 2017-yy. – Baxmal tumandagi 46-umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
2017 – 2019-yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
2018-yil sentabr – oktabr – Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 324-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
2019-yil avust – dekabr Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti o‘zbek tili va adabiyotini o‘qitish metodikasi kafedrasi kabinet mudiri
2020 – 2022-yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti
2021 – 2022-yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi stajyor o‘qituvchisi
2022-yil fevral – sentyabr – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tili va adabiyoti kafedrasi o‘qituvchisi
2022-yil sentyabr – dekabr. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti O‘zbek tilshunosligi kafedrasi katta o‘qituvchisi
2022-yil oktabr – dekabr – “Ijtimoiy-siyosiy fanlar instituti” MChJ o‘qituvchisi
2023 – 2025-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti
2024 – 2025-y. may – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va shevashunoslik bo‘limi katta ilmiy xodimi
2025 – 2026-yy. – O‘zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va shevashunoslik bo‘limi mudiri
2026-yil sentabrdan – O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy ishlar boʻyicha direktor oʻrinbosari
Ilmiy faoliyati
Abdumannon Hasanov bugunga qadar “O‘zbek adabiy tilidagi leksik bo‘shliqlarni to‘ldirishning dialektal asoslari” (2022), Oʻzbek shevalariga yangicha yondashuv (hammualliflikda, 2024), “Baxmal tumani Madaniyat qishlogʻi shevasi” (2025) nomli monografiyalarni chop ettirgan. Ilmiy faoliyati davomida ikkita ilmiy loyihaning bajarilishida faol qatnashgan. Olim ilmiy-pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayonlarida ham faol qatnashgan. Xususan, 2024-2026-yillarda uchta ilmiy kengashning a’zosi sifatida ilmiy kadrlar tayyorlanishiga oʻz hissasini qoʻshgan. Ayni vaqtda “American Journal of Research in Humanities and Social Sciences”, “American Journal of Interdisciplinary Research and Development”, “Journal of Integrated Education and Research” kabi jurnallarda tahririyat a’zosi sifatida ham faoliyat yuritmoqda. Uning respublika xorijiy ilmiy jurnallarda 100 dan ziyod ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1970-yil 8-may, Toshkent shahri.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy kotibi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99890) 9891183
E-mail: mirzayevabarno457@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek folklorshunosligi, folklor tarixi.
Mehnat faoliyati
1987-1991-yy. – Toshkent davlat madaniyat instituti talabasi
1991-1995-yy. – Buxoro davlat pedagogika instituti kutubxonachisi, yetakchi kutubxonachisi
1995-2007-yy. – Buxoro davlat pedagogika instituti Axborot resurs markazi bo‘limi boshlig‘i
2007-2009-yy. – Buxoro davlat universiteti stajyor-tadqiqotchisi
2009-2012-yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi
2012-2016-yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi
2016-2017-yy. – O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
2017-2022-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi
2022-2024-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
2024-y. - h.v. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti ilmiy kotibi
Ilmiy faoliyati
Barno Mirzayeva o‘zbek folklorshunosligi, folklor tarixi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. O‘zbek folklorshunosligining shakllanishida Hodi Zarifov va To‘ra Mirzayevlarning ilmiy ishlarini o‘rganib, hozirga qadar 50 dan ortiq ilmiy va ilmiy-ommabop maqolalari chop ettirgan. Uning Amerika, Turkiya, Rossiya davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda ilmiy maqolalari nashr qilingan. Mamlakatimizda va xorijda o‘tkazilgan ilmiy konferensiyalarda faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zbek xalq og‘zaki badiiy ijodiyotining eng nodir durdonalaridan iborat “O‘zbek xalq ijodi yodgorliklari” 100 jildligini nashrga tayyorlash va uni tekstologik o‘rganish masalalari” nomli fundamental tadqiqot bo‘yicha mazkur jildlikni nashrga tayyorlashda faol qatnashib, nashr etilgan o‘n to‘rt jildi (1-jild “Alpomish”, 4-jild “Alpomish”, 6-jild “Erali bilan Sherali”, 16-jild “Yodgor”, 20-jild “ Alpomish”, 27-jild “Hasanxon”, 28-jild “Avazxon”, 32-jildi “Qirq yigit va qirq qiz”, 33-jild “Xushkeldi”, 39-jild “Oltin qoboq”, 42-jild “Alpomish”, 45-jild “Intizor”, 48-jild “Malla savdogar”, 58-jild “Nuralining yoshligi”)ni tayyorlashda ishtirok etgan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
1. Mirzayeva B. O‘zbek folklorshunosligi shakllanishi va taraqqiyotida Hodi Zarifovning o‘rni (monografiya). – Т.: “Firdavs Shoh” nashriyoti, 2023. – 152 b.
2. Мирзаева Б. Ҳоди Зарифнинг дастлабки илмий фаолияти ҳақида // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2011, 6-сон. – Б.46–50.
3. Мирзаева Б. Халқ достонларини ўрганишда янги босқич // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2012, 3-сон. – Б.47–50.
4. Мирзаева Б. Ҳоди Зарифнинг бир достон бўйича кузатишлари // Ўзбек тили ва адабиёти. – Тошкент, 2013. 1-сон. Б.55–59.
5. Мирзаева Б. “Навоий замондошлари” тўплами ҳақида / Ўзбек адабиёти масалалари. Тошкент, 2013. – Б.244–249.
6. Мирзаева Б. Ҳоди Зарифнинг Наврўз байрамини тикланиши ҳақидаги баъзи мулоҳазалари. Ўзбек халқининг миллий фольклор санъати ва этномаданий қадриятлари / Мақолалар тўплами. – Тошкент, 2013. – Б.48–50.
7. Мирзаева Б. Фольклор текстологияси масалалари / Nomoddiy madaniy meros va etnomadaniy qadriyatlar. Toshkent, 2014. – Б.52–55.
8. Мирзаева Б. Hadi Zarifin ilk bilimsel faaliyetleri uzerine Ataturk univversitesi edebiyat fakultesi. Socyal bilimler dergisi. Haziran/Desember 2016. Sayi/number:56. P.153–158.
9. Мирзаева Б. Ҳоди Зарифов ва ўзбек фольклоршунослигининг шаклланиши // Илм сарчашмалари. – Урганч, 2018. №12. – Б.54–57.
10. Mirzayeva B. Özbek Halk Kosuklarinda takilarin canlandirilmasi // Filoloji ve kultur arastirmalari. – Карабук, 2019. – Б. 883–889.
11. Mirzayeva B. Hodi Zarifov is a collector, preparer, publisher and researcher of folklore works // The International journal of analytical and experimental modal analysis. ISSN NO: 0886-9367. – India, 2020. – Volume XII. Issue VIII (Avgust). – P.980-985.
12. Мирзаева Б. Ҳоди Зарифов фольклор асарларининг илк тадқиқотчиси / Адабиётшуносликнинг долзарб масалалари. Ўзбекистон Республикаси фан арбоби, академик Бахтиёр Назаров таваллудининг 75 йиллиги муносабати билан ўтказилган халқаро конференция материаллари. – Тошкент: Тафаккур, 2020. – Б. 713-717.
13. Mirzayeva B. Theoretical Foundation of Uzbek Folklore / European Journal of Innovation in Nonformal Education (EJINE). Volume 3, Issue 3. Mart 2023. – P. 90-93. http://inovatus.es/index.php/ejine/article/view/1545
14. Mirzayeva B. From rare sources // AMERICAN Journal of Language, Literacy and Learning in STEM Education Volume 01, Issue 9, 2023 ISSN (E): 2993-2769. – R. 442-444. https://www.grajournal.us
15. Mirzayeva B. Xodi Zarifov – issledovatel uzbekskix baxshi-skaziteley // Nauchnoe obozrenie Sayano-Altaya. – Xakasiya (Rossiya), 2023. – №1 (37). RINS. (ISSN 2304-7488). – C. 98-111.
16. Mirzayeva B. “Alpomish” dostonining yozib olinishi va o‘rganilishi xususida // Tamaddun nuri. – Toshkent, 2023. – 12-son.
17. Mirzayeva B. “Kuntug‘mish” dostoni haqida ba’zi mulohazalar / 8th International Baskent congress on humanities and socialsciences. – Ankara / Turkiye, 2023. – R.657-660.
18. Mirzayeva B. O‘zbek Folklori arxivining asoschisi / Zamonaviy baxshichilik san’ati: oltin merosning yangi ohanglari. III Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari to‘plami. – Toshkent: Nodirabegim, 2023. – B.243-246.
19. Mirzayeva B. “Alpomish” dostonining yozib olinishi / “Adabiyotshunoslikning dolzarb masalalari” 3-an’anaviy xalqaro ilmiy-nazariy anjumani. – Toshkent, 2023 yil 4 oktabr.
20. Mirzayeva B. O‘zbek xalq hikoyalari akademik To‘ra Mirzaev talqinida / Turkiya Respublikasining Ege universitetida o‘tkazilgan “Turk dunyosi modernlashuvi: Turkiy xalqlar adabiyotida roman va hikoya” xalqaro simpoziumi. Izmir, 2023. 1-4-noyabr.
21. Mirzayeva B. “Alpomish” dostonining ilk tadqiqi xususida / Fozil Yo‘ldosh o‘g‘li – Bulung‘ur dostonchiligining dongdor shoiri. Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi maqolalar toʻplami. – Toshkent: Firdavs-Shoh, 2023. – B. 126-134.
22. Mirzayeva B. O‘zbek xalq dostonlarini yozib olish va nashrga tayyorlashda Zubayda Husainovaning o‘rni / an’anaviy tarzda o‘tkaziladigan “Hodi Zarifov saboqlari” ilmiy anjumanining birinchi yigʻilishida taniqli oʻzbek folklorshunosi, atoqli olima Zubayda Husayinova tavalludining 105 yilligiga bagʻishlangan “Jonkuyar folklorshunos olima” mavzusida respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida ma’ruza qildim. – Toshkent, 2023. 6-dekabr.
23. Mirzayeva B. Folklor ekspeditsiyasi kundaliklarining ilmiy-amaliy ahamiyati // UzA Elektron jurnal, 20.06.2024. https://uza.uz/oz/posts/folklor-ekspeditsiyalari-kundaliklarining-ilmiy-amaliy-ahamiyati_609227
24. Mirzayeva B. Hodi Zarifov o‘zbek yeposshunosligi assoschisi / “O‘zbek adabiyotshunosligining dolzarb masalalari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy oflayn-onlayn anjumani materiallari. – Toshkent, 2024. – B.546-550.
25. Mirzayeva B. Alisher Navoiy ilmiy merosini o‘rganishda Hodi Zarifovning o‘rni / Jahon Navoiyshunosligi: kecha va bugun mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy anjuman. 2024 yil, 23 aprel. – Toshkent, 2024.
26. Mirzayeva B. Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining “Qunduz bilan Yulduz” dostoni haqida qaydlar / “Ergash Jumanbulbul o‘g‘lining ijodi va Qo‘rg‘on dostonchilik maktabi adabiy merosiniing Yangi O‘zbekiston ma’naviy-madaniy taraqqiyotidagi o‘rni” mavzusidagi xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. Qo‘shrabot, 2014. – B.139
27. Mirzayeva B. Akademik To‘ra Mirzayevning kundaliklaridagi so‘z magiyasiga oid qaydlar // O‘zbekiston milliy аxborot аgentligi – O‘zA ilm-fаn boʼlimi (elektron jurnаl). 2025-yil oktyabr oyi soni №10 (72). – В.77–82.
28. Mirzayeva B. To‘ra Mirzayevning folklor namunalarini nashrga tayyorlash prinsiplari // O‘zbek tili va adabiyoti. – 2026. 2-son. – B.14-19. (hammualliflikda)
29. Mirzayeva B. Tura Mirzayev’s Folklore Expedition Diary And Its Significance In Identifying Folk Bakhshis/ Vol.06 Issue01 2026 PAGE NO. 104-108. DOI 10.37547/ijll/Volume06Issue01-25
30. Mirzayeva B. “Alpomish” dostonining o‘zbek variantlari monografiyasi tadqiqiga doir / O‘zbekiston Respublikasi Fan arbobi, akademik To‘ra Mirzayevning 90 yilligiga bag‘ishlangan “Turkiy xalqlar folklorining qiyosiy tadqiqi: lokal xususiyatlar va ilmiy nazariy yondashuvlar” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy anjuman materiallari. I jild. – B.145-151.
![]()
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Bosh hisobchi
Tel: (71) 233-55-61
E-mail: djamilovibrohim@gmail.com