O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2020-yil 11-martdagi 139-sonli “O‘zbek tili va adabiyoti bo‘yicha fundamental va amaliy tadqiqotlar samaradorligini yanada oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori bilan O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tuzilmasida 5 shtat birligidan iborat Sotsiolingvistika bo‘limi tashkil etilgan. Ushbu qaror bilan Sotsiolingvistika bo‘limining vazifalari etib quyidagilar belgilangan: 1) o‘zbek tilining rivojlanishi bilan bog‘liq fundamental, amaliy va innovatsion tadqiqotlarni amalga oshirish va kengaytirish; 2) o‘zbek tilining davlat tili sifatidagi nufuzi va mavqeini tubdan oshirish borasidagi ilmiy izlanishlarni kuchaytirish; 3) o‘zbek tilining yozma matni me’yor va qoidalarini ishlab chiqish; 4) o‘zbek tilining izohli lug‘atlari, davlat tilida ish yuritish bo‘yicha qo‘llanma va adabiyotlar tayyorlash; 5) davlat tilini rivojlantirishga oid normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini ishlab chiqishda faol ishtirok etish.
Bundan tashqari, bo‘lim o‘z faoliyatida tilning sotsiologik xususiyatlari, til va jamiyat munosabati, til siyosati, davlat tili va milliy tillar munosabati, davlat tilida ish yuritish, til vaziyati, til ma’naviyati, til qonunchiligi, lisoniy prognozlash, lisoniy rejalashtirish, til targ‘ibi, alifbo hamda imlo masalalari va boshqalar bilan shug‘ullanadi.
Bo‘lim xodimlari hozirgi kunga qadar “Davlat tilida ish yuritish” (Toshkent, 2020, 2021), olti jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati” (Toshkent, 2022), ikki jildli “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati” (Toshkent, 2022), “O‘zbek tilining katta imlo lug‘ati” (Toshkent, 2023), “O‘zbek tilining o‘quv imlo lug‘ati” (Toshkent, 2023)ning tayyorlanishida ishtirok etdi.
Bo‘lim xodimlari “2020-2030-yillarda o‘zbek tilini rivojlantirish va til siyosatini takomillashtirish konsepsiyasi” doirasida lotin yozuviga asoslangan o‘zbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillashtirish” bo‘yicha ishchi guruh a’zosi sifatida va qonun loyihasini tayyorlashda ishtirok etdi.
Bo‘lim xodimlari 2024-yilda “Sotsiolingvistika terminologiyasining shakllanishi: muammo va yechimlar” mavzusida tadqiqot olib bordi. Tadqiqot natijalari sifatida “Sotsiolingvistika terminlarining izohli lug‘ati” hamda “Medialingvistika asoslari” o‘quv qo‘llanmasi tayyorlandi. Shuningdek, bo‘lim xodimlari “Turkiy dunyo toponimlari” xalqaro ilmiy loyihasida ishtirok etib, O‘zbekiston, Afg‘oniston, Pokiston va Hindistondagi sof turkiy va turkiy komponentli toponimlarni tadqiq qildi.
2024-yilgi kalendar-rejaga ko‘ra, bo‘lim xodimlari “Oʻzbek tilini sotsiolingvistik tadqiq qilish masalalari” tadqiqoti doirasida “Sotsiolingvistika” monografiyasi ustida ish olib bordilar. Jami 20 bosma taboqdan iborat monografiya nashr qilindi. Respublika va xorijiy ilmiy jurnallarda 20 ga yaqin maqola e’lon qilindi. Shuningdek, Ichki ishlar vazirligi Akademiyasi bilan hamkorlikda “Yuridik atamalarning izohli lugʻati”, “Yuridik atamalar imlo lugʻati” tayyorlandi hamda chop qilindi. Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Atamalar komissiyasining ishchi organi hisoblanadi. sotsiolingvistika boʻlimi xodimlari ushbu ishchi organ faoliyatini yuritdi, bir necha oʻnlab xorijiy atamalarni milliy muqobillariga almashtirish boʻyicha tadqiqotlarni olib bordi.
2025-yilda Sotsiolingvistika boʻlimi “Oʻzbekistonda til siyosati” monografiyasi ustida ishlamoqdalar.
![]()
Filologiya fanlari doktori, professor (2021)
Lavozimi: O‘zR FA Sotsiolingvistika boʻlimi mudiri
E-mail: yorqinjonodilov@gmail.com
Tel.: +99871-233-71-44
Ma’lumoti: Qoʻqon davlat pedagogika instituti (2001)
Ilmiy qiziqishlari: semantika, frazeologiya, sotsiolingvistika, lingvoma-daniyatshunoslik, etnolingvistika, oʻzbek tili tarixi va til o‘qitish metodikasi.
Mehnat faoliyati
1996-2001 yy. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti talabasi
2001-2002 yy. – Harbiy xizmatda
2002-2008 yy. – Farg‘ona viloyati Uchkoʻprik tuman 14-maktab oʻqituvchisi
2008-2010 yy. – Qo‘qon davlat pedagogika instituti, magistratura
2011-2013 yy. – O‘zR FA Til va adabiyot instituti, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchisi
2014-2016 yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi
2017-2018 yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi
2018 y. - h.v. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
Ilmiy faoliyati
1979-yil 9-dekabrda Farg‘ona viloyati Uchko‘prik tumanida dehqon oilasida tug‘ilgan. 1996-yilda o‘rta maktabni, 2001-yilda Qo‘qon davlat pedagogika instituti o‘zbek tili va adabiyoti fakultetini tamomlagan. 2001-2007-yillarda Uchko‘prik tumani 14-o‘rta maktab o‘qituvchisi, 2008 – 2010-yillarda Qo‘qon akademik litseyi o‘qituvchisi, ayni paytda Qo‘qon davlat pedagogika instituti magistranti, 2011 – 2013-yillarda O‘zR FA Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot instituti aspiranti va doktoranti bo‘lgan. 2014-2016-yillarda O‘zbek tili va adabiyot ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi, 2017-yilda O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi, 2018 – 2019-yillarda O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi mudiri sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 2020-yildan hozirgi vaqtga qadar Sotsiolingvistika bo‘limi mudiri lavozimida ishlab kelmoqda. 2016-yilda doktorlik dissertatsiyasini “O‘zbek tilida enantiosemiya” mavzusida himoya qilgan. Katta ilmiy xodim (2018), professor (2020) ilmiy unvonlari berilgan. O‘zbek tilshunosligida lisoniy ziddiyatning – bir til birligi ma’nolari o‘rtasidagi zidlanishning ilmiy o‘rganilishi va bu tarz qarshilanishning lisoniy maqomi belgilanishida, globallashuv davri publitsistikasi tilining tadqiq etilishida, til va tafakkur, til va etnomadaniyat, til va jamiyat, til va etnos ta’sirlashuvi, toponimika, antroponimika borasida muhim tadqiqotlarni olib borgan. 2013-yilda “O‘zbek tilining mustaqillik davri taraqqiyotini tadqiq qilish”, 2014-yilda “So‘z ma’no taraqqiyotida ziddiyat”, 2017-yilda “Hozirgi globallashuv davrida o‘zbek tili, uning tarixiy taraqqiyoti va istiqbollari (o‘zbek tili vazifaviy uslublari tahlili asosida)”, 2022-yilda “Antropotsentrik tilshunoslik terminlarining izohli lugʻati”ni tuzish va nashr qilish”, 2023-yilda “Jahon turkiy toponimlari” fundamental, innovatsiya va xalqaro loyihalarining asosiy ishtirokchisi sifatida faoliyat ko‘rsatgan. 4 ta monografiya, 3 ta darslik, 2 ta amaliy qo‘llanma, 200 ga yaqin ilmiy, ilmiy-publitsistik maqolalar muallifi.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Kitoblar:
Xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari:
![]()
Ro‘zimatova Dilnoza Murodovna
Filologiya fanalari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Lavozimi: O‘zR FA Sotsiolingvistika boʻlimi katta ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy, Farg‘ona davlat universiteti (bakalavr), Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universiteti (magistr)
Ilmiy qiziqishlari: sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika.
Mehnat faoliyati
1999-2003- yy. – Farg‘ona davlat universiteti talabasi
2003-2004-yy. – Farg‘ona viloyati Buvayda tumani 1-iqtidorli bolalar maktabi o‘qituvchisi
2004-2006 -yy. – Buvayda tumani 52-sonli maktab o‘qituvchisi
2006-2008-yy. – Yashnobod tuman 231-maktab o‘qituvchisi
2008-2021-yy. – Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyi o‘qituvchisi
2019-2021-yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti lingvistika magistranti
2021- 2022-yy. O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi
2023-y. – 2026-yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranti, Toshkent axborot texnologiyalari universiteti o‘qituvchisi
2026-y. –h.v. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Ro‘zimatova Dilnoza Murodovna 1982-yil 13-sentabrda Farg‘ona viloyati Buvayda tumanida tug‘ilgan. Millati – o‘zbek. Ma’lumoti oliy. 1999-yilda Farg‘ona davlat universiteti o‘zbek filologiyasi fakultetiga o‘qishga kirgan. Universitetning bakalavriat bosqichini 2003-yilda tamomlagan. Ro‘zimatova Dilnoza Murodovna ish faoliyatini 2003-yilda Buvayda tumanidagi 1-sonli iqtidorli bolalar maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi sifatida boshlagan. 2004-2006-yillarda Buvayda tumanidagi 52-sonli maktabda o‘qituvchi bo‘lib ishlagan. 2006-2008-yillarda Toshkent shahar Yashnobod tumanidagi 231-maktabda ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi, 2008-2021-yillarda esa Toshkent davlat stomatologiya instituti akademik litseyida faoliyat olib borgan. 2019-2021-yillarda Mirzo Ulug‘bek nomidagi O‘zbekiston Milliy universitetida magistratura bosqichida ta’lim olgan. 2021−2022-yillarda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori institutida kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlagan. 2023-yilda O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktoranturasiga o‘qishga qabul qilingan.
Ro‘zimatova Dilnoza Murodovnaning 20 ga yaqin ilmiy, ilmiy-ommabop maqolalari respublika va xorij ilmiy nashrlari hamda matbuotida chop etilgan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Kitoblar:
1.Nutqiy muloqotda so‘zlovchi va tinglovchining ijtimoiy maqomi. –Toshkent, 2026. – 149b.
Xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari:
Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalari:
Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki:
![]()
Lavozimi: O‘zR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti Sotsiolingvistika boʻlimi kichik ilmiy xodimi
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1995-yil 28-noyabr, Namangan viloyati Namangan tumani.
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99899) 617 38 50
E-mail: tursunov.mirzohid1995@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, lingvopoetika, sotsiolingvistika
Mehnat faoliyati:
2016-2020-yy. – Namangan davlat universiteti talabasi.
2020-2021-yy. – Namangan viloyati Namangan tumani 23-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
2021-2023-yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti.
2022-2023-yy. – Toshkent shahri Shayxontohur tumani 20-sonli maktabning ona tili va adabiyot fani oʻqituvchisi.
2023 y.-h.v – O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi.
Ilmiy faoliyati
Tursunov Mirzohid sotsiolingvistika, lingvopoetika bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U asosan o‘zbek tilshunosligining sotsiolingvistika hamda lingvopoetika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Uning Odilov Yorqinjon rahbarligida “Sotsiolingvistika” monografiyasi nashr qilingan. Respublika va AQSh, Qozogʻiston, Hindiston davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 10 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Китоб:
1. Sotsiolingvistika. Monografiya. – Toshkent, 2024. (hammualliflar – Y.Odilov., S.Qudratova., F.Ravshanova.)
Xalqaro va respublika jurnallarida chop etilgan maqolalari:
1. Tursunov M. “Qutadg‘u bilig” asarining lingvokulturologik tahlili // Образование и науки в XXI веке. 2022. №24. 4-jild. – B.755-761.
2. Tursunov M. “Qutadg‘u bilig” asarida maqol va matallarning lingvokulturologik tahlili // So‘nggi ilmiy tadqiqotlar nazariyasi respublika ilmiy-uslubiy jurnali. 2023. 9-son. – B.111-117.
3. Tursunov M. O‘zbek tilida sotsiolekt // Educational Research in Universal Sciences. Volume 2. 2023. – B.23-27.
4. Tursunov M. Ingliz va oʻzbek frazeologizmlarining lingvokulturologik tahlili // Scientific journal scholar. Volume 1. 2023-yil dekabr. – B.307-312.
5. Tursunov M. Adabiy tilning sotsiolingvistik tadqiqi // “International sciences, education and new learning technologies” ilmiy jurnali. – Toshkent, 2024. – B. 109–115.
6. Tursunov M. Diaxron va sinxron sotsiolingvistika // International journal of advanced research in education, technology and management.
7. Tursunov M. Zamonaviy va tarixiy sotsiolingvistika // O‘zbek tili va adabiyoti, – Toshkent, 2024. №2. – B.59–64.
8. Tursunov M. Sotsiolekt va jargon // “ISTF” ilmiy-uslubiy jurnali. – Toshkent, 2024. №1. – B.65-68.
9. Tursunov M. Makrostsiolingvistika va mikrosotsiolingvistika // “ISTF” ilmiy-uslubiy jurnali. – Toshkent, 2024. №3. – B.83-88.
10. Tursunov M. Kreol til // “Oбразование наука и инновационные идеи в мире” online ilmiy jurnali. – Farg‘ona, 2024. – №4. Volume 53. – B.94-97.
11. Tursunov M. Til va jamiyat munosabatlarining makrosotsiolingvistik va mikrosotsiolingvistik tadqiqi / “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2024. 688-693-betlar.
12. Tursunov M. Sotsiolekt va jargon / Tillarni o‘qitishda zamonaviy yondashuvlar mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2024-yil. – B.65–67.
13. Tursunov M. “Adabiy til” tushunchasi jadidlar va tilshunoslar talqinida / “Jadid ma’rifatparvarlarining o‘zbek adabiy tili rivojidagi o‘rni” mavzusidagi konferensiya materiallari. – Toshkent, 2024-yil 29-may. – B. 86–91.
14. Tursunov M. Pijin sotsiolingvistikaning o‘rganish obyekti sifatida / “O‘zbek tili taraqqiyoti va targ‘iboti” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani materiallari. – Toshkent, 2024-yil 18-oktyabr. – B.118-124.
15. Tursunov M. Til siyosatining sotsiolingvistik tahlili (Turkiya respublikasi misolida) // Qoʻqon DPI ilmiy axborotnomasi. – Qoʻqon, 2025. №5. – B. 2237–2242.
16. Tursunov M. Turkiyada til siyosati // “Ta’lim innovatsiyasi va integratsiyasi” respublika ilmiy jurnali. – Toshkent, 2025. №42. – B. 62–66.
17. Tursunov M. The influence of language policy in Uzbekistan in the first half of the 20th century on ethnic and national identity // International bulletin of applied science and technology. – Germany, 2025. IF = 9.2. Issue 11. – C. 192–198. https://doi.org/10.5281/zenodo.17481028
18. Tursunov M. Alphabet and spelling issues in Uzbekistan in the first half of the 20 th century / International conference on multidisciplinary research. Hosted from Singapore, 2025. Vol.4. – P. 41–47.
19. Tursunov M. XX asrning birinchi yarmida O‘zbekistonda alifbo, imlo masalalari / “Davlat tili taraqqiyoti: muammo va yechimlar” mavzusidagi V respublika ilmiy-amaliy anjumani. – Toshkent, 2025. – B. 259–269.
20. Tursunov M. XX asr birinchi yarmida O‘zbekistonda o‘zbek tili ta’limi manzarasi / yosh olimlar ilmiy-amaliy konferensiyasi. – Toshkent, 2025. – B. 57–62.
21. Tursunov M. Language policy and linguistic situation in Uzbekistan on the eve of independence // International multidisciplinary journal for research & development. – India, 2026. IF: 8.854. Volume 13, issue 04. – P. 14 – 17.
22. Tursunov M. National language policy and the problems of mother-tongue education in independent Uzbekistan // International multidisciplinary journal for research & development. – India, 2026. IF: 8.854. Volume 13, issue 05. – P. 14 – 17.
23. Tursunov M. XX asr birinchi yarmida oʻzbek tili ta’limi manzaralari // O‘zbek tili va adabiyoti. – Toshkent, 2026. – №2. – B. 123 – 129.
24. Tursunov M. XX asrning birinchi yarmida oʻzbek tilining davlat va jamiyat hayotidagi ahamiyati / Проблемы стандартизации и цифровизации национального терминологического фонда казахского языка. – Алматы, 2026. – Б. 325 – 331.
25. Odilov Y., Tursunov M. Mustaqil Oʻzbekiston til siyosatida til va imlo masalalari / “Global integratsiya sharoitida turkiy tillar taraqqiyoti: muammo va vazifalar” mavzusidagi III xalqaro ilmiy-amaliy anjuman materiallari. – Toshkent, 2026. – B. 124 – 131.
![]()
Lavozimi: O‘zR FA Sotsiolingvistika boʻlimi kichik ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti (2017)
E-mail: ravshanovaf24@gmail.com
Tel.: +99890 997-80-02
Ilmiy qiziqishlari: sotsiolingvistika, lingvokulturologiya, etnolingvistika.
Mehnat faoliyati:
2017-2021 yy. – Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 2-sonli maktab oʻqituvchisi
2021-2023 yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti, magistratura
2021-2024 yy. –Toshkent shahri Mirobod tumani 110-sonli IDUM oʻqituvchisi
2024-yildan – O‘zR Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
1993-yil 24-aprelda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumanida ziyoli oilada tavallud topgan. 2010-yilda o‘rta maktabni, 2013-2017 yillarda Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti Filologiya va tillarni o‘qitish (o‘zbek tili) yo‘nalishini tamomlagan. 2017-2021-yillarda Qashqadaryo viloyati Chiroqchi tumani 2-sonli maktab o‘qituvchisi, 2021-2023 yillarda O‘zbekiston Milliy universiteti magistranti, 2021-2024-yillarda Toshkent shahri Mirobod tumani 110-sonli IDUM o‘qituvchisi. 2024-yil mart oyidan O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyot va folklori instituti kichik ilmiy xodimi lavozimida ishlab kelmoqda. Bir qator ilmiy, ilmiy-publisistik maqolalar muallifi.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Kitoblar:
Xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari:
Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalari:
Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki:
Respublikadagi xalqaro ilmiy-amaliy anjumanlarda chop qilingan
1. Ravshanova F. Sotsiolingvistikaning shakllanish tarixi / “O‘zbek tili taraqqiyoti va xalqaro hamkorlik masalalari” xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya materiallari. – Toshkent, 2024. 119-128-betlar
Respublikadagi ilmiy-amaliy konferensiyalaridagi ishtiroki:
![]()
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori
Tug‘ilgan yili va joyi: 1995-yil 5-sentyabr, Samarqand viloyati Qo‘shrabot tumani
Lavozimi: O‘zR FA Sotsiolingvistika boʻlimi kichik ilmiy xodimi
Ma’lumoti: oliy
Tel: (99893) 964-95-69
Ilmiy qiziqishlari: sotsiolingvistika, psixolingvistika, areal lingvistika, oʻzbek tili tarixi va kompyuter lingvistikasi.
Mehnat faoliyati
2011-2014-yy. – SamDAQI 1-son akademik litsey o‘quvchisi
2015-2019-yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi
2019-2021-yy. – Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O‘zbek tili va adabiyoti universiteti magistranti
2020-2026-yy. – Toshkent shahar Yunusobod tumani 51-son ixtisoslashtirilgan maktab o‘zbek tili o‘qituvchisi
2023-2025-yy. – O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti tayanch doktaranti
2026 y. - h.v. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti Sotsiolingvistika boʻlimi kichik ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Annaqulova Shoxista leksikologiya, sotsiolingvistika, lug‘atshunoslik bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U, asosan, leksikologiya va sotsiolingvistika bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib bormoqda. Ayni vaqtda “Ona tili. Qomus” lug‘ati ustida ish olib bormoqda. Bir qator ilmiy, ilmiy-publitsistik maqolalar muallifi.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Xorijiy ilmiy jurnallarda chop etilgan maqolalari:
Respublika ilmiy jurnallarida chop etilgan maqolalari:
Xalqaro konferensiyalardagi ishtiroki:
Respublika konferensiyalaridagi ishtiroki: