1958-yilda Til va adabiyot institutida “O‘zbek tili tarixi” sektorining tashkil etilishi bilan O‘zbekistonda bu sohaning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratildi. Sektorga G‘anijon Abdurahmonov boshliq etib tayinlandi. Tashkilotchi va iste’dodli olim tarixiy tilshunoslikni zamon talabi darajasida rivojlantirishni ta’minladi. Buning uchun sektorga S.Mutallibov, E.Fozilov, Q.Mahmudov, Sh.Shukurov, B.Karimov va boshqa qobiliyatli mutaxassislar jalb qilindi.
O‘tgan 46 yil davomida o‘zbek tili tarixining eng dolzarb muammolarini muvaffaqiyat bilan yoritib kelgan o‘zbek tili tarixi bo‘limini tilshunoslik va filologiya fanining dongdor zahmatkashlari hisoblangan akademiklar G‘.Abdurahmonov, E.Fozilov, shuningdek, Sh.Shukurov, Q.Karimov kabi taniqli tilshunoslar boshqargan.
1958-yilda Til va adabiyot institutida “O‘zbek tili tarixi” sektorining tashkil etilishi bilan O‘zbekistonda bu sohaning rivojlanishiga katta imkoniyat yaratildi. Sektorga G‘anijon Abdurahmonov boshliq etib tayinlandi. Tashkilotchi va iste’dodli olim tarixiy tilshunoslikni zamon talabi darajasida rivojlantirishni ta’minladi. Buning uchun sektorga S.Mutallibov, E.Fozilov, Q.Mahmudov, Sh.Shukurov, B.Karimov va boshqa qobiliyatli mutaxassislar jalb qilindi.
1968-yili O‘zbek tili tarixi sektori tarkibidan tarixiy-etimologik lug‘at sektori ajralib chiqdi. Keyinroq esa turkiy tillarni qiyosiy o‘rganish sektori o‘zbek tili tarixi sektoriga qo‘shib yuborildi. Dialektologiya bo‘limi ham ushbu bo‘limga qo‘shildi. Sektorda ilmiy tadqiqot ishlari, asosan, uch yo‘nalishda: o‘zbek tilining tarixiy grammatikasi va yozma obidalarni o‘rganish hamda lug‘atchilik bo‘yicha olib borildi.
O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi bo‘yicha “Morfologiya va leksika tarixidan qisqacha ocherk” (1959; S.Mutallibov), “Alisher Navoiy tilining fonetik-morfologik xususiyatlari” (1966; A.Rustamov), “Tarixiy sintaksis. O‘zbek tili tarixiy grammatikasi kursi bo‘yicha materiallar” (1984; G‘.Abdurahmonov), “Navoiy tilining grammatik xususiyatlari” (1984; G‘.Abdurahmonov, A.Rustamov), “O‘zbek tilida fe’l zamonlari taraqqiyoti” (1976; Sh.Shukurov), “Fe’l tarixidan” (1970; Sh.Shukurov), “O‘zbek tilida fe’l mayllari taraqqiyoti” (1980; Sh.Shukurov), “Sof ko‘makchilar (O‘zbek tili sof ko‘makchilarining tarixiy taraqqiyoti)” (1991; T.Rustamov), “Eski o‘zbek adabiy tilida (XV–XVI asrlar) olmoshlar” (1991; B.Yusufov) kabi monografik ishlar amalga oshirildi. Yuqoridagi ishlarning ba’zilari doktorlik dissertatsiyalari sifatida himoya qilingan. Bu yo‘nalish bo‘yicha respublika oliy o‘quv yurtlari uchun “O‘zbek tilining tarixiy grammatikasi” (1973; G‘.Abdurahmonov; Sh.Shukurov) qo‘llanmasining yaratilishi eng katta muvaffaqiyatlardandir.
O‘zbek tili tarixiga oid ishlardan akademik G‘.Abdurahmonovning “Eski turkiy sintaksis bo‘yicha tadqiqotlar” (1966) nomli kitobi alohida o‘rin tutadi. Ushbu monografiyada yozma yodgorliklar tili sintaksisining juda murakkab sintetik konstruksiyalari tahlil etiladi, bitishuv, boshqaruv va moslashuv turlari haqida atroflicha ma’lumot beriladi.
Yozma obidalarni nashr etish va ularning til xususiyatlarini o‘rganish bo‘yicha ham talay ishlar qilindi. Sektor xodimlari XI–XII asrlarga oid umumturkologik xarakterdagi yoki turkiy tillarning ma’lum guruhiga oid yozma yodgorliklarni, shuningdek, XIII–XIV asrlarda Xorazm va Oltin O‘rdada yaratilgan filologik asarlarni nashr qilish va ularning til xususiyatlarini tadqiq etish bo‘yicha ham katta ishlar amalga oshirdilar. Jumladan, S.Mutallibov sobiq Ittifoqda birinchi marta “Devonu lug‘otit turk” asarini arabchadan o‘zbekchaga tarjima qildi va nashr ettirdi (1960, 1961, 1963). Jamoa tomonidan “Devonu lug‘otit turk bo‘yicha indeks-lug‘at” tayyorlandi (1967). Q.Karimov Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarini (tarjima va transkripsiyasi bilan) nashr ettirdi (1971), Q.Mahmudov esa “Hibat ul-haqoyiq”ni tanqidiy matni, tekst transkripsiyasi hamda o‘zbekcha tarjimasi bilan nashr ettirdi. S.Mutallibov XIV asr yozma yodgorligi hisoblangan “At-tuhfat uz-zakiyat uz fil lug‘atit-turkiya” nomli muallifi noma’lum asarni nashr ettirdi. Xuddi shu asarni E.Fozilov va M.Ziyoyevalar rus tiliga tarjimasi va transkripsion matni bilan nashr etdilar (1978). Bundan tashqari, N.Rasulova Abu Hayyonning “Kitob ul-idrok li-lison ul-atrok” (1960), Sh.Fayzullayeva Jamoliddin Turkiyning “Kitob ul-lug‘at ul-mushtoq fi lug‘atit turk val qifchoq” (1969), A.Yunusov “Tarjimoni turki va ajami va mo‘g‘ali” (1973) asarlari bo‘yicha, A.Chaykovskaya esa turkiy tillardagi fe’l kategoriyalarining XIV asr arab filologlari asarlarida sharhlanishi haqida (1978) nomzodlik dissertatsiyalarini himoya qildilar. E.Fozilov qadimgi turkiy yozma yodgorlik matnlari asosida “O‘zbek tilining tarixiy morfologiyasi” (1965) asarini yozib, nashr ettirdi.
O‘zbek tili tarixi bo‘limida lug‘atchilik sohasida ham jiddiy ishlar qilindi. E.Fozilov tomonidan tuzilgan “Eski o‘zbek tili XIV asr Xorazm yodnomalari” (1966; 1971) nomli rus tilida nashr etilgan ikki jildli izohli lug‘ati XIV asr Xorazm obidalari asosida yaratilgan. Lug‘atga kiritilgan har bir so‘zning ma’nosi yozma obidalardan olingan ilyustrativ misollar bilan ta’minlangan. Lug‘atga taniqli venger turkologi Andrash Bodrogligeti mas’ul muharrirlik qilgan.
Zabardast adabiyotshunos Porso Shamsiyev va tilshunos Sobirjon Ibrohimovlarning uzoq yillar davomida olib borgan mehnatlari samarasi o‘laroq maydonga kelgan “Navoiy asarlari lug‘ati” nashrdan chiqdi. Bu lug‘at 1953-yil yozilgan “O‘zbek klassik adabiyoti asarlarining qisqacha lug‘ati”ning to‘ldirilgan, qaytadan ishlangan nashri edi. Alisher Navoiy asarlarining katta lug‘atini tuzish uzoq yillar davomida olimlarimizning diqqat markazida turdi. E.Fozilov rahbarlik qilgan Leksikologiya va leksikografiya sektori xodimlari to‘rt jildli “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati”ni tuzishga kirishdi. Mazkur lug‘at 1983-1985-yillarda nashrdan chiqdi. E.Fozilov rahbarligida amalga oshirilgan bu ishda sektorning quyidagi ilmiy xodimlari tuzuvchi o‘laroq qatnashdilar: E.Fozilov, Q.Muhiddinov, J.Eftixor, N.Xo‘jayev, Y.Nosirov, H.Dadaboyev, B.Bafoyev, B.Yusufov, N.Husanov va boshqalar.
“Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” ba’zi kamchiliklariga qaramay, hajmi, so‘zning har bir ma’nosiga berilgan misollarning mo‘lligi jihatidan shu paytgacha Navoiy asarlari uchun tuzilgan lug‘atlardan ustundir. Afsuski, mazkur lug‘at ham ancha-muncha kamchiliklardan xoli emas va buyuk shoir ishlatgan barcha so‘zlar lug‘atda aks etmay qolgan. Bizga ma’lumki, Navoiy juda katta so‘z boyligiga ega. Shuning uchun bo‘limimizning katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari nomzodi Berdak Yusufov tomonidan V jildli “Navoiy tili lug‘ati”ni tuzish rejalashtirilgan. Hozirgi kunga kelib lug‘atning II jildi nashrdan chiqarildi, III jildi nashriyotdan chiqish arafasida. Ana shu 3 jildda jami 13 mingdan ortiq so‘z mavjud. Qolgan ikki jildida taxminan 9 ming atrofida so‘z bor. Demak, Navoiy asarlaridagi so‘zlar soni 22000 tadan oshadi. Buyuk mutafakkir so‘z boyligi jihatidan birinchi o‘rinda turadi.
Lug‘atlar haqida gap ketganda marhum Qayum Karimovning “Turkiy yozma yodgorliklar tilining qiyosiy lug‘ati”ga to‘xtalish kerak. “Qutadg‘u bilig”, “Devonu lug‘otit turk”, “Hibat ul-haqoyiq” turkiy xalqlar yozma yodgorliklari asosida tuzilgan 1500 betdan ibora bu katta lug‘atga Qayum aka 10 yildan ortiq vaqt mobaynida katta kuch va mehnat sarflagan edi. Achinarlisi shundaki, zahmatkash olimning bu ajoyib lug‘ati haligacha to‘liq nashr qilinmagan.
O‘zbek tili tarixini o‘rganish Mustaqillikdan keyin ham bo‘limda davom etdi. Bu davrda asosan yozma yodgorliklar tili leksik-semantik jihatdan o‘rganildi. M.Rustamovning “Gadoyi devoni tilining leksikasi” (1992), A.Jumayevning “XV asr o‘zbek tili leksikasining qiyosiy tahlili” (1994), A.Xalilovning “Nusratnoma asari tilining morfologik qurilishi” (1994), R.Zohidovning “Sabot ul-ojizin asarining til xususiyatlari” (2001) kabi ishlari nomzodlik dissertatsiyalari sifatida muvaffaqiyatli himoya qilindi. Ushbu dissertatsiyalar ma’lum darajada o‘zbek tili tarixini o‘rganishga qo‘shilgan hissadir.
Bo‘limning ilmiy-tadqiqot yo‘nalishlari. Istiqlol yillarida bo‘lim xodimlari quyidagi ilmiy loyihalar asosida ish olib borishdi: Keyingi yillarda chet ellik turkologlar bilan ilmiy hamkorligimiz rivojlanib bormoqda. Ayniqsa, turk tilshunoslari bilan leksikologiya, leksikografiya, alifbo masalalarida ilmiy aloqalarimiz kuchaymoqda. B.Yusufov 1991-yil Turkiyaga qilgan ilmiy safari vaqtida turk va boshqa turkiy davlatlar olimlari bilan birgalikda “Turkiy tillarning qiyosiy lug‘ati” (Anqara, 1992) hamda shu yili turk olimi M.Hengirmen bilan hamkorlikda “Turkcha-o‘zbekcha so‘zlashgich” (Anqara, 1992)ni tuzdi. Bo‘limda xodimlar tomonidan maktab o‘quvchilari uchun “Mumtoz adabiy asarlar uchun lug‘at” tuzilgan. Ushbu lug‘at “O‘zbek klassik adabiyoti asarlari uchun qisqacha lug‘at” (V.Rahmonov), “Navoiy asarlari uchun qisqacha lug‘at” (B.Hasanov), “Mumtoz adabiy asarlar o‘quv lug‘ati” (J.Lapasov), “Navoiy asarlari lug‘ati”, “Alisher Navoiy asarlari tilining izohli lug‘ati” kabi lug‘atlardan shu bilan farqlanadiki, birinchidan, mazkur lug‘at lotin yozuvidagi yangi alifboda nashr etilgan, ikkinchidan, lug‘atga faqat maktab o‘quvchilari uchun chiqarilgan mumtoz adabiyot namunalarida uchraydigan so‘zlargina kiritilgan. Yana bo‘lim katta ilmiy xodimi B.Yusufov tomonidan chet elliklar uchun “O‘zbek tilini o‘rganamiz” nomli qo‘llanmasi yozildi. Bundan tashqari (Andaniyazova Dilrabo) “O‘zbek tilida muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlari”, (B.Yusufov, A. Hasanov, D.Otaxanova, D.Qabulova) “O‘zbek shevalariga yangicha yondashuv”, (G.Andaniyazova) “Sharof Boshbekov asarlarining lingvopoetik xususiyatlari”, (A. Hasanov) “Baxmal tumani Madaniyat qishlog‘i shevasi” , (S. Baratova) “XIII-XIX asr masnaviylarining lingvopoetikasi” (“Husn-u Dil”, “Sabot-ul ojizin”, “Rohati dil” misolida) mavzularida monografiyalar e’lon qilindi.
Bo‘limning xodimlar tarkibi. Hozirgi kunda O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limida filologiya fanlari doktori, dotsent Andaniyazova Dilrabo, (bo‘lim boshlig‘i) filologiya fanlari nomzodi, professor Yusufov Berdak, filologiya fanlari doktori: Hasanov Abdumannon, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD), dotsent Andaniyazova Gavhar, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD): Baratova Sevara, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktorlari (PhD): Qabulova Dilnoza hamda kichik ilmiy xodim Eshboyeva Shoiradan iborat jamoa mehnat qilmoqda.
Til bilish darajasi: bo‘lim xodimlari orasida ingliz, rus, nemis, turk tillarini biladigan mutaxassislar mavjud.
Kadrlar potensiali: Bo‘lim xodimlari Moskva, Sankt-Peterburg, Olmaota, Ashgabat, Bishkek, Boku singari shaharlarda hamda Germaniya, Turkiya, Janubiy Koreya kabi mamlakatlarda o‘tkazilgan qurultoylarda ilmiy ma’ruzalar bilan qatnashdilar. Shuningdek, E.Fozilov 1963-1964-yillarda Vengriyada doktoranturada tahsil olgan, 1982-1985-yilda esa V.Gumboldt nomli Berlin universitetida ishlagan. Berdak Yusufov 1997-1998-yillarda Pusan chet tillar universitetida (Janubiy Koreya) o‘zbek va turk tillaridan dars berdi. 1998-yilda esa Turkiyaning Izmir shahrida o‘tkazilgan “Turk tili – dunyo tili” konferensiyasida ma’ruza bilan ishtirok etdi, shuningdek 1991-yildan boshlab har 4 yilda bir bo‘ladigan turkiy tillar qurultoyining doimiy ishtirokchisi hisoblanadi. Bo‘limning katta ilmiy xodimi, filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) G.Andaniyazova tomonidan Turkiyaning Izmir shahri Ege universitetida 2024-yilning 4-, 5-, 6-noyabr oyida o‘tkazilgan “Türk dünyası Roman ve hikaye sempozyumu”da, Bartin universitetida 2025-yilning 23-25-oktyabr oyida o‘tkazilgan “XVII. Uluslararası Dünya Dili Türkçe Sempozyumu”da ma’ruzalari bilan ishtirok etdi.
![]()
Filologiya fanlari doktori (DSc), dotsent
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1982-yil, 14-iyun Buxoro viloyati Olot tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi mudiri
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99890) 7881406
E-mail: dilrabo.andaniyazova1406@gmail.com
ORCID: https://orcid.org/0009-0002-8135-5390
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, matn tilshunosligi, lingvopoetika, lingvomadaniyatshunoslik, dialektologiya, leksikologiya, terminologiya, til tarixi.
Mehnat faoliyati
2000 – 2004 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
2004 – 2006 yy. - Toshkent davlat pedagogika universiteti magistranti
2005 – 2012 yy. - Toshkent davlat yuridik instituti qoshidagi akademik litsey oʻqituvchisi
2012 – 2015 yy. - Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodim-izlanuvchisi
2015 – 2016 yy. - Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti kichik ilmiy xodimi
2016-2017 yy. - Alisher Navoiy nomidagi oʻzbek tili va adabiyoti universiteti huzuridagi oʻzbek tili va
adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti kichik ilmiy xodimi
2017 – 2020 yy. - OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti kichik ilmiy xodimi
2020-y. – 2022 yy. - OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
2022-y.- 2025. - OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti doktoranti
2026-y. – yanvar oyidan OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti yetakchi ilmiy xodimi
2026-y. 16.10. dan OʻzR FA Oʻzbek tili, adabiyoti va folklori instituti boʻlim mudiri
Ilmiy faoliyati
Dilrabo Andaniyazova matn tilshunosligi, lingvopoetika, til tarixi, leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik bo‘yicha mutaxassislardan hisoblanadi. U, asosan, matn tilshunosligi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Uning “Badiiy matnda onomastik birliklar lingvopoetikasi”, “O‘zbek tilida muvaqqat onomastik birliklarning badiiy-estetik xususiyatlari” kabi monografiya, “O‘zbek tili poetonimlarining izohli lug‘ati” (hammualliflikda), “O‘zbek tili me’yorlari. Punktuatsiya” kitobi, “Hozirgi o‘zbek adabiy tili” o‘quv qo‘llanmasi, “Tilimiz tarovati” (hammualliflikda) ilmiy risolasi nashr qilingan. hamda Shuningdek, O‘zbek tili, adabiyoti va folklori istitutida davlat dasturi asosida jamoaviy nashrga tayyorlangan lug‘atlar hamda grant loyihalari ishtirokchisi. Lug‘atshunoslik yo‘nalishida olib borilgan 2 jildli “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, olti jildli “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”da tuzuvchi sifatida ishtirok etgan. D.Andaniyozovaning respublika va AQSH, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 100 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
![]()
Filologiya fanlari nomzodi, professor
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1949-yil 20-fevral, Jizzax viloyati Forish tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99893) 599-72-49
E-mail: yusufovberdak160@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, etimologiya, dialektologiya, leksikologiya, terminologiya, til tarixi.
Mehnat faoliyati
1966-1968 yy. – Forish tumani, Uchma qishlog‘i 28-sonli maktab o‘qituvchisi
1968-1970 yy. – Harbiy xizmatda
1970-1975 yy. – Samarqand davlat universiteti talabasi
1975-1976 yy. – “O‘qituvchi” nashriyoti korrektori
1976-1978 yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti laboranti
1978-1981 yy. – Fanlar akademiyasi Tilshunoslik fakulteti stajyori
1981-1987 yy. – Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti kichik ilmiy xodimi
1987-1991 yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi
1991-1998 yy. – Fanlar akademiyasi Tilshunoslik instituti katta ilmiy xodimi
1998-2003 yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti katta ilmiy xodimi
2003-2016 yy. – Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti bo‘limi mudiri
2016-2017 yy. – O‘zbek tili va adabiyoti ilmiy-tadqiqot instituti bo‘limi mudiri
2017-2023 yy. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
2023-2025 yy. - Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti bo‘lim mudiri
2025 y. h.v. – Fanlar akademiyasi O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti katta ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Berdak Yusuf til tarixi, leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik, lingvopoetika bo‘yicha mutaxassislardan biri hisoblanadi. U asosan o‘zbek tilshunosligining til tarixi yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Lug‘atshunoslik yo‘nalishida olib borilgan 5 jildli “Navoiy tili lug‘ati” tuzgan. Uning 15 dan ortiq kitoblari, respublika va AQSh, Turkiya, Rossiya davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 50 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
Xorijiy konferensiyalar
Monografiyalar
Ilmiy maqolalar
![]()
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD), dotsent
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1984-yil, 27-fevral Buxoro viloyati Olot tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99897) 755 60 33
E-mail: gavharandaniyazova@gmail.com.
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, lingvopoetika, dialektologiya, leksikologiya, terminologiya, til tarixi.
Mehnat faoliyati
2004-2007yy. – Toshkent davlat pedagogika universiteti talabasi
2007-2009yy. – Nizomiy nomidagi Toshkent davlat pedagogika universiteti O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti magistranti
2007-2011 yy. – Toshkent shahar Shayxontohur tumanidagi 20-son maktab o‘qituvchisi
2011-2019 yy. – TIMI qoshidagi Yunusobod akademik litseyi o‘zbek tili va adabiyoti fani o‘qituvchisi
2019-2022yy. – Toshkent davlat yuridik universiteti huzuridagi akademik litseyi O‘zbek tili va adabiyoti fani oliy toifali o‘qituvchisi
2022-2024yy. – O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori tayanch doktoranti.
2025-y. - h.v. OʻzR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti “O‘zbek tili tarixi va dialektologiya” bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Gavhar Andaniyazova lingvopoetika, til tarixi, leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U asosan o‘zbek tilshunosligining lingvopoetika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Lug‘atshunoslik yo‘nalishida olib borilgan 2 jildli “O‘zbek tili sinonimlarining katta izohli lug‘ati”, “O‘zbek tilining izohli lug‘ati”, 5 jildli “Navoiy tili lug‘ati” tahririda ishtirok etgan. Uning respublika va AQSh, Rossiya, Germaniya, Turkiya, Ozarbayjon davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 30 dan ortiq ilmiy maqolalari va 1 ta monografiyasi nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
![]()
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1988-yil 21-sentabr, Namangan viloyati Chust tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99893) 538-44-22
E-mail: baratovasevara07@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, lingvopoetika, dialektologiya, leksikologiya, terminologiya, til tarixi.
Mehnat faoliyati
2011-2013 yy. - Muqimiy nomli Qoʻqon Davlat pedagogika instituti magistranti
2013-2014 yy. - Muqimiy nomli Qoʻqon Davlat pedagogika instituti oʻquv boʻlimi inspektori
2014-2016 yy. - Muqimiy nomli Qoʻqon Davlat pedagogika instituti oʻquv boʻlimi metodisti
2015-2016 yy. - Muqimiy nomli Qoʻqon Davlat pedagogika instituti adabiyot kafedrasi oʻqituvchisi (oʻrindoshlik asosida)
2019-2020 yy. - Xalq Ta’limi Vazirligi tasarrufidagi, Filologiya fanlariga ixtisoslashtirilgan davlat umumta’lim maktabi oʻqituvchisi
2020-2023yy. - OʻzR FA O’zbek tili adabiyoti va folklori instituti bo’limi katta ilmiy xodimi
2025-y. - h.v. OʻzR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti “O‘zbek tili tarixi va dialektologiya” bo‘limi katta ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Sevara Baratova til tarixi, leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik, lingvopoetika bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U asosan o‘zbek tilshunosligining lingvopoetika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Lug‘atshunoslik yo‘nalishida olib borilgan 5 jildli “Navoiy tili lug‘ati” tahririda ishtirok etgan. Uning respublika va AQSh, Turkiya, Rossiya davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 30 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
![]()
Filologiya fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD)
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 1993-yil 22-dekabr, Xorazm viloyati Qo‘shko‘pir tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi kichik ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99894) 141-01-07
E-mail: qabulovadilnoza15@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, antroponomika, dialektologiya, leksikologiya, til tarixi.
Mehnat faoliyati
Ilmiy faoliyati
Dilnoza Qabulova leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik, antroponomika bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U asosan o‘zbek tilshunosligining antroponomika yo‘nalishi bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Lug‘atshunoslik yo‘nalishida olib borilgan 5 jildli “Navoiy tili lug‘ati” tahririda ishtirok etgan. Uning respublika va AQSh, Turkiya, Rossiya, Ozarbayjon davlatlaridagi xorijiy ilmiy jurnallarda 15 ga yaqin ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari:
![]()
Kichik ilmiy xodim
Tug‘ilgan vaqti va joyi: 2002-yil, 22-oktyabr Surxondaryo viloyati Bandixon tumani.
Lavozimi: O‘zR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti O‘zbek tili tarixi va dialektologiya bo‘limi kichik ilmiy xodimi
Ma’lumoti: Oliy
Tel: (99897) 4674407
E-mail: eshboevashoira@gmail.com
Ilmiy qiziqishlari: o‘zbek tilshunosligi, dialektologiya, leksikologiya, terminologiya, til tarixi, psixolingvistika
Mehnat faoliyati
2020– 2024-yy. – Toshkent davlat o‘zbek tili va adabiyoti universiteti (bakalavriat)
2023-yil 6-sentyabr - 2024-yil 20-yanvar – Toshkent shahrida joylashgan “Humo ta’lim” o‘quv markazida ingliz tili o‘qituvchisi
2024-yil 20-yanvar – 2024-yil 15-iyun – Surxondaryo viloyati Bandixon tumani 4-sonli umumta’lim maktabida ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi
2024 – 2026-yy. – O‘zbekiston Milliy universiteti universiteti magistranti
2026-yil avgustdan OʻzR FA O‘zbek tili, adabiyoti va folklori instituti “O‘zbek tili tarixi va dialektologiya” bo‘limi kichik ilmiy xodimi
Ilmiy faoliyati
Shoira Eshboyeva til tarixi, psixolingvistika, leksikologiya, dialektologiya, lug‘atshunoslik bo‘yicha yosh mutaxassislardan biri hisoblanadi. U, asosan, psixolingvistika va til tarixi yo‘nalishlari bo‘yicha ilmiy izlanishlar olib boradi. Uning respublika va AQSh, Germaniya, Angliya davlatlaridagi xorijiy ilmiy konferensiyalarda va jurnallarda 15 dan ortiq ilmiy maqolalari nashr qilingan.
Asosiy ilmiy nashrlari: